Asosiy tarkibga o‘tish

5-bo‘lim

Bolani parvarish qilishda ko‘mak

Agar nogironligi bo‘lgan bolani parvarish qilishda yordam kerak bo‘lsa, yashash joyingizdagi «Inson» markaziga murojaat qiling. Mutaxassislar oilaning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud yordam turlarini tanlashga ko‘maklashadi.

Parvarishlash nafaqasi

O‘zgalar parvarishiga muhtoj deb topilgan, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolani parvarishlayotgan qonuniy vakil uchun har oylik nafaqa nazarda tutilgan. «Inson» markazida ushbu nafaqani olish huquqi va uni tayinlash tartibini aniqlashtiring.

lex.uz

Kunduzgi parvarish

Nogironligi bo‘lgan 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati nazarda tutilgan. Qabul psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi va «Inson» markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xizmat qayerda mavjudligi, bo‘sh o‘rinlar bor-yo‘qligi, qabul tartibi, ish vaqti va to‘lov shartlarini aniqlashtiring.

lex.uz

Ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash

«Inson» markazida psixolog maslahati va oila uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Mutaxassisga qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganingiz va qanday yordam kerakligini ayting.

ihma.uz

Huquqlaringizni himoya qilish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishda yordam kerakmi?

«Qo‘llab-quvvatlanish huquqi: Bilish. Murojaat qilish. Yordam olish» loyihasi doirasida «Yuksak salohiyat» jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ayollarga joyiga borib bepul yuridik yordam ko‘rsatadi.

Siz ijtimoiy nafaqalar, tibbiy va ta’lim xizmatlari, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda o‘z huquqlaringizni himoya qilish bo‘yicha maslahat olishingiz mumkin.